Sherobod tuman hokimi profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o'tkazdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi "ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5050-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Sherobod tumani hokimi Z.Davlatov profilaktika inspektorlari bilan uchrashib, ularning xizmat xonalarini jihozlash uchun mebel hamda yangi zamonaviy moddiy-texnik vositalari bilan ta'minladi.
Sherobod tuman IIB boshlig'i podpolkovnik O'.Shukurov tumandagi profilaktika inspektorlariga qarordan kelib chiqadigan vazifalar, ularni ijro etish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tavsiya va ko'rsatmalarini berib o'tdi va yangi mebel hamda kompyuterlarni profilaktika inspektorlariga tantanili ravishda topshirdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati