2 Noyabr 2021 yil 526

Shaxsiy tarkib o'rtasida amaliy o'q otish mashg'uloti o'tkazilmoqda

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 2018 yil 17 yanvar kunidagi "ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg'ulotlarini o'tkazish qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi buyrug'i asosida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibi bilan amaliy o'q otish mashg'ulotlarini o'tkazish to'g'risida 2021 yilning 7 oktabr kuni boshqarma boshlig'ining buyrug'i tasdiqlangan bo'lib, ushbu buyruq talablari ijrosini ta'minlash maqsadida, viloyat IIB sohaviy xizmatlarida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 29-30 oktabr kunlari, Surxondaryo viloyati IIB kasbiy tayyorgarlik bo'limi boshlig'i, podpolkovnik M.Bozorov rahbarligida, boshqarma patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni xodimlari bilan amaliy o'q otish mashg'ulotlari o'tkazildi.
Ushbu o'quv mashg'ulotlariga viloyat IIB tibbiyot bo'limi hamda viloyat tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi boshqarmasidan mutaxassis xodimlar jalb etilib, shaxsiy tarkibga o'q otish mashg'ulotlarining maqsad va vazifalari yuzasidan tushunchalar berilib, xodimlarning zamonaviy o'q otar qurollardan o'q otish ko'nikmalari oshirildi.

Surxondaryo viloyat IIB axborot xizmati

Text to speech