2 Fevral 2021 yil 522

"Shaxmat-shashka" musobaqalari o'tkazildi

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari ayol xodimalari va xodimlarining farzandlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida sportning "shaxmat va shashka" turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.
Termiz shahridagi "Barkamol avlod" bolalar ijodiyoti markazida bo'lib o'tgan musobaqada sportning "shashka" turi bo'yicha 1-o'rin Angor tumani IIB HPB XQMB katta inspektori leytenant S.R.Maxamadievaga;
2-o'rin viloyat IIB kb kantselyariya boshlig'i safdor D.N.Norboevaga;
3-o'rin viloyat IIB PPX va JTSB safdor xodimi safdor V.Sh.Abdievaga nasib etdi.
"Shaxmat" turi bo'yicha esa 1-o'rin viloyat IIB huzuridagi TB katta tergovchisi polkovnik N.T.Norqulova;
2-o'rin IIV Surxondaryo akademik lisey o'quvchisi S.O.Shopo'latova;
3-o'rinni viloyat IIB PPX va JTSB safdor xodimi safdor Z.U.Zaripova qo'lga kiritdi.
"Shaxmat" bo'yicha xodimlarning farzandlari ham bellashishdi. Unda 1-o'rin Termiz shahar ixtisoslashtirilgan 9-sonli maktab o'quvchisi B.B.Vaxobovga, 2-o'rin Termiz shahar 3-sonli maktab o'quvchisi A.X.Xurramovaga, 3-o'rin Termiz shahar 3-sonli maktab o'quvchisi L.R.Tog'aevaga nasib etdi.
G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech