23 Avgust 2022 yil
376
Sharg‘unda firibgarlik jinoyatini sodir qilgan qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi.
Sariosiyo tumanida 2022 yil iyul oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 25,211-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Sharg‘un shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi, B.Bobonazar (ism sharif o‘zgartirilgan) 9 avgust kuni Sariosiyo tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Profilaktika inspektorlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati