20 Iyun 2020 yil 658

Shakar sotuvchisi firibgar ekan

Termiz shahrida 2020 yilning 10 iyun kuni Termiz shaharida yashovchi tadbirkor Sh.Z. Termiz shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi A.X. joriy yilning 30 may kuni ijtimoiy tarmoqdagi www/OLX uz mobil ilovasiga arzon narxlarda shakar mahsulotini sotishi haqida yolg'on xabar joylashtirganligini va 30 may kuni ushbu e'lon bo'yicha A.X. bilan gaplashib, 1 kg shakarni 5200 so'mdan sotib olishga kelishganligini va shu kuni 10 tonna shakar maxsulotlari uchun "CLICK" dasturi orqali uning plastik kartasiga 52.000.000 (ellik ikki million) so'm pul mablag'larini o'tkazib berganligini, lekin kelishilgan shakar maxsulotini etkazib bermasdan pullarini o'zlashtirib ketganligini bildirgan. Mazkur holat yuzasidan 16 iyun kuni firibgarlik jinoyatini sodir etgan A.X.ga nisbatan O'zR JKning 168-moddasi 3-qismi bilan "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech