Semizlik - ko‘plab kasalliklarning asosiy sababchisidir.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli ko‘rsatmasi
ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB tarkibida bo‘lgan ortiqcha
vaznga ega ya’ni semizlikning 3-4 darajasida turuvchi xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shadiev
Sherzod Fayzullaevich so‘z olib, ayrimlar normal holat hisoblaydigan, aslida ko‘plab
kasalliklarning asosiy sababchisi bo‘lgan semizlik hozirgi kunda tibbiy-ijtimoiy
muammoga aylanganligini hamda ortiqcha vazn va semizlik salomatlikka salbiy ta’sir
ko‘rsatib, bir qator surunkali kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkinligi xaqida tushuntirib
o‘tdi .
Tadbir davomida shifokorlar tomonidan semizlikni asosan
3 turga bo‘linishi, bularning birinchisi birlamchi, ya’ni ekzogen-konstitutsional
semizlik, bu holat zamirida kamharakatlik – gipodinamiya, me’yoridan ortiq ovqatlanish
va nasliy beriluvchanlik yotishi, ikkilamchi semizlik turli endokrin kasalliklar
oqibatida yuzaga kelsa, keyingi holatda semizlik irsiy genetik kasalliklar natijasida
ro‘y berishi mumkinligi, shuningdek, kunlik ovqatlanish me’yorlariga amal qilish
borasida dietolog shifokorlarning tavsiyalari tinglandi hamda ortiqcha vazndan xalos
bo‘lish borasida tayyorlangan maxsus videorolik namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida, yig‘ilish ishtirokchilarga xodimlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini
rejali normallashtirishda professional yordam ko‘rsatish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar
tarqatilib, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish bo‘yicha muddatlar berildi.