Seminarda sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari ham o'rganilmoqda
O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirining 2020 yil 28 avgustdagi buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Muzrabot tumanidagi 37 ta mahalla fuqarolar yig'inlari uchun tumanning 3-sektoriga qarashli "Yurtim jamoli" mahallasi hududida joylashgan 21-sonli musiqa va san'at maktabida seminar o'tkazildi.
Seminarda Surxondaryo viloyati hokimi o'rinbosari, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig'i A.Xo'jaqulov hamda Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig'ining xavfsiz xudud bo'yicha o'rinbosari podpolkovnik F.Mengliev ishtirok etib, hududni xavfsiz, tinch osuda, ma'naviy barkamol, ijtimoiy-iqtisodiy, namunaviy hududga aylantirishda tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tumandagi kreminogen vaziyati yuqori bo'lgan "yangi hayot" mahalla fuqarolar yig'ini hamda joriy yilning o'tgan 11 oyi davomida jinoyati o'sgan mahalla fuqarolar yig'ini raisi va uning huquq-tartibot masalalari bo'yicha o'rinbosarlarining ish faoliyati tanqidiy-tahliliy muhokama qilinib, jinoyatchilikni jilovlash, ularni oldini olish borasida profilaktik ishlarni kuchaytirish to'g'risida ko'rsatmalar berilidi.
Viloyat IIB boshlig'i o'rinbosari, Muzrabot tumanidagi Mahalla fuqarolar yig'inlari va profilaktika inspektorlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi seminarda ishtirok etib, sohaga oid ma'ruza qildi. Jinoyatchilik va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart sharoitlar muhokama qilinib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur yo'nalishdagi seminarlar viloyatning boshqa tumanlarida ham tashkil etilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati