3 Iyun 2022 yil 713

Sektor rahbarlari va mas’ullar ishtirokida Boysun tumanining Yuqori Machay, O‘rta Machay mahallalari hamda Xo‘jadiyak qishlog‘ida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 2 iyun kuni Boysun tumani markazidan 70 km uzoqlikda joylashgan O‘rta Machay, Yuqori Machay mahallalari hamda Xo‘jadiyak qishlog‘ida sektor rahbarlari, xalq qabulxonasi mudiri hamda fuqarolar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan uy joy ta’miri, ichimlik suvi, ichki yo‘llar ta’miri, ijtimoiy ob’ektlar qurilishi, oila turmush doirasidagi munosabatlar, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida tomorqa talashish, sel talofatlarini oldini olish maqsadida sel yuruvchi yo‘llarni ta’mirlash, bog‘dorchilik, chorvachilik, kredit, sog‘liqni saqlash masalalarida murojaatlar bildirildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, vaqt va mablag‘ talab qiladigan murojaatlar alohida nazoratga olindi va ijrosi bo‘yicha mas’ullar biriktirildi.
Xo‘jadiyak qishlog‘ida tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ichimlik suvi muammosi taklifi berildi. Ushbu qishloq ichimlik suvi bilan ta’minlanishi uchun 20 km uzoqlikda buloq suvidan quvur tortib kelinishi yoki artizanlar orqali ichimlik suvi chiqarish loyihalari o‘rganilishi ma’lum qilindi.
Bugungi kunda fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilishi, sayyor qabullarni joyida tashkil etilishi, fuqarolar tomonidan ko‘p murojjatlar bo‘lishini oldini olishga, muammolarni joyiga borib hal etishga zamin bo‘lmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech