29 Dekabr 2021 yil 428

Sektor rahbari muhtojlar holidan xabar oldi

Joriy yilning 29 dekabr kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, 3-sektor rahbari polkovnik Abduvohid Ismoilov, Termiz tumani 3-sektor hududiga qarashli "Xalqobod" mahallasida yashovchi Feruza Jumanazarovaning xonadoniga tashrif buyurib, yangi yil sovg'alarini ulashdi.
- Har bayramda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i xonadonimizga kelib, holimizdan, kam-u ko'stimizdan xabar oladi, - deydi Feruza Jumanazarova. - Bu yil ham yangi yil bayramiga muhtaram Prezidentimiz va Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining pul mukofotlari, ro'zg'orimizga esa oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga farzandlarimga yangi yil sovg'alarini tortiq qildilar. Men bundan bag'oyatda mamnunman, bundan tashqari, turmush o'rtog'im va katta qizimni ishga joylashishida ham ko'mak berildi. O'g'limga issiqxona qurib berildi, oilamizni "temir daftar" ro'yxatiga kiritib, doimiy yordam va e'tiborlarini ayamasdan kelayapti.

F.Jumanazarova 2007 yildan buyon II-guruh nogironi bo'lgani bois doimiy ravishda davolanib keladi. Sektor rahbari tomonidan fuqaroning dori-darmonlari uchun ham yordam berilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech