1 Iyun 2022 yil 434

Sektor rahbarlari va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilda Boysun tumanidagi ta’lim muassasalarini 1500 nafar yoshlar tamomlab, katta hayotga qadam qo‘yishmoqda. Shu munosabat bilan Boysun tumanidagi markaziy madaniyat uyida sektor rahbarlari hamda bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda bitiruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, samimiy muloqot olib borildi. Yoshlarni qiziqtirgan savollariga sektor rahbarlari va mutasaddi idoralar hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi vakillari tomonidan javoblar qaytarildi.
Shuningdek, tadbir davomida Inter injinering kompaniyasi, Boysun gazni qayta ishlash zavodi rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida taqdimot ham bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida, Boysun tumanida qurib bitkazilayotgan gazni qayta ishlash zavodi haqida umumiy ma’lumotlar berilib, kelajakda ushbu sohada o‘z faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarni qaysi sohalarda ta’lim olishlari tushuntirib o‘tildi. Tumandagi kasb-hunar maktablari va ko‘p tarmoqli texnikum tomonidan tashkil etilgan yarmarkada o‘quvchi yoshlar kasb-hunar yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar. Tadbirda O‘zbekiston davlat Satira teatri jamoasi tashrif buyurib, teatrlashtirilgan tomoshasi bilan ishtirok etishdi.
Text to speech