5 Mart 2021 yil 585

Sektor rahbarlari Termiz shahrida jinoyatchilikni oldini olish borasida qilingan ishlar bilan tanishdi

Viloyat hokimi T.Bobolov 2021 yil 12 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida o'tkazilgan ichki ishlar vazirligining hay'at yig'ilishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini viloyatda samarali tashkil etish, "Obod va xavfsiz mahalla", "Mahalla-islohotchi" tamoyillaridan kelib chiqib, viloyatning barcha hududlarida "mahallabay" tizim asosida ishlarni yo'lga qo'yish hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalar yuzasidan tayyorlangan taqdimotlar bilan tanishishdi. Termiz shahar hokimligida o'tkazilgan yig'ilishda viloyat prokurori S.Turdiev, viloyat IIB boshlig'i A.Ismoilov, ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimi H.Abduxoliqov, Termiz shahar hokimi I.Xudoyberdiev, huquq-tartibot idora vakillari va boshqa mutasaddi tashkilot mas'ullari ham ishtirok etdi.
Dastlab, viloyat hokimining Prezidentimiz tomonidan hay'at yig'ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi hamda viloyatdagi jinoyatchilikning umumiy ahvoli haqidagi taxliliy ma'ruzasi eshitildi.
Shundan so'ng, Termiz shahar bo'yicha IIO FMB boshlig'i X.Davlatovning shahar hududida jinoyatchiligi oshgan mahallalarda jinoyatni oldini olish bo'yicha taqdimoti namoyish etildi. Unda kriminogen vaziyati og'ir bo'lgan mahallalarda muammolarni "mahallabay" va "oilabay" aniqlab, hal etish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha "ijtimoiy profilaktika" tizimini joriy etib, bunda, nizoli oilalar va aholining "muammoli toifalari"dan kelib chiqib, ularga "tashxis" qo'yish lozimligi ta'kidlandi. Shu bilan bir qatorda tuman-shahar sektor rahbarlari aniqlangan muammolarning echimi bo'yicha choraklik "mahallabay", "oilabay" dasturlarini ishlab chiqish zarurligi va hududiy Kengashlarga kiritish, natijasi bo'yicha xalq vakillariga axborot berib borish tartibini yo'lga qo'yish bo'yicha topshiriqlar berildi.
Shundan so'ng, mutasaddilar shaharning "Majnuntol", "tinchlik", "Temiryo'lchi" va "O'zbekiston" MFYlariga tashrif buyurib, MFY raislari, profilaktika inspektorlari hamda aholi bilan uchrashdi. Uchrashuvda asosiy e'tibor ishsizlar, yoshlar va ayollarni kasbga o'qitish, ularning bandligini ta'minlash, ehtiyojmand oilalardagi psixologik muhitni yaxshilash, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi.
Mahallalarda, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatlarni jilovlashni yangi tizimini joriy etish, Termiz shahridan tanlab olingan 6 ta mahallani "namunali mahalla"ga aylantirish maqsadida viloyat va shahardan mas'ul xodimlar biriktirilib, hozirgi kunda profilaktik chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Shuningdek, viloyat sektor rahbarlari shaharning "Majnuntol" MFY joylashgan bino va hududiy profilaktika inspektorining xizmat uyi sharoitlari bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, shaharning "Temiryo'lchi", "tinchlik" va "O'zbekiston" MFY raisi hamda profilaktika inspektorlari xizmat olib borishlari uchun ajratilgan xizmat xonalarida ham munosib sharoit yaratiladigan bo'ldi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech