9 Mart 2023 yil
446
Sektor rahbarlari xalq orasida
Kuni kecha Sherobod tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari podpolkovnik O‘.Shukurov “Qishloqbozor” mahallasida bo‘lib, mahalladagi beshlik, shuningdek, aholi vakillari bilan uchrashdi. Sektor rahbari MFY da yashovchi fuqarolarning yashash sharoitlari bilan tanishdi hamda mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, sektor rahbari tashabbusi bilan “Sherobod” mahallasida joylashgan 30 sotix yer maydoniga “Yashil makon” dasturi doirasida ko‘chatlar ekilib, “Sherobod bog‘i” tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati