21 Avgust 2021 yil 537

Saylov-barchamizning erkin tanlov huquqimizdir!

Joriy yilning 21 avgust kuni viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasida, 2021 yil 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etilishi va o'tkazilishi yuzasidan xodimlari o'rtasida seminar-trening o'tkazildi.
O'tkazilgan seminar treningda, Termiz shahar Adliya bo'limi boshlig'i A.Jabborov tomonidan xodimlarga tushunchalar berilib, unda O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga asosan, 2021yil 24 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etilishi va o'tkazilish tartibi, saylov kodeksi mazmun mohiyati va ahamiyati haqida to'xtalib o'tdi.
Saylov jarayonlarida saylov uchastkalari a'zolari bilan bir qatorda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlariga ham alohida mas'uliyat yuklatilganligi ya'ni ular saylov jarayonlarini ko'tarinki ruhda o'tkazilishida joylarda fuqarolarning havfsizligini saqlash, jamoat tartibi va xavfsizlikni ta'minlash uchun xizmat olib borishlari, eng asosiysi xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan saylov o'tkazish jarayonida mamlakatimizga chet eldan tashrif buyuradigan mehmonlar hamda saylov jarayonlarini kuzatish uchun keladigan chet davlatlar va xalqaro kuzatuvchilarning xavfsizligini ta'minlash borasida tushunchalar berib o'tdi.
Seminar-trening yakunida ishtirokchilar, Prezident saylovini o'tkazish uchun tayyorlangan namunali saylov uchastkasiga taklif etilib, saylov jarayonlari haqida amaliy tushunchalar bilan birga, xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari kun tartibidagi masala yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan tegishli javoblar olishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech