20 Mart 2020 yil 989

Savol- javobga boy uchrashuv bo'lib o'tdi

Termiz Davlat universitetining filologiya fakultetida "yoshlar bizning kelajagimiz!"- shiori ostida talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xavfsiz turizmni ta'minlash, huquqbuzarliklar pofilaktikasi boshqarmalari hamda yuridik ta'minlash bo'linmasi mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

Yoshlar bilan o'tkazilgan uchrashuv davomida, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar, shuningdek, "yosh tadbirkor - elga madadkor", "yosh olimlar" va shu kabi boshqa bir qator loyihalar asosida amalga oshirilayotgan tub islohotlar haqida so'z yuritildi.

Shu bilan birga so'zga chiqqan mas'ul xodimlar tomonidan yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida so'z yuritib, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida qisqacha to'xtalib o'tildi.

Jinoyatchilikni jilovlash bo'yicha, yoshlarning taklif va mulohazalari tinglandi.

Uchrashuv davomida, Toshkent shahrida sodir etilgan yoshlar o'rtasidagi ommaviy mushtlashuv yuzasidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Bundan talabalar o'zlariga kerakli bo'lgan tegishli xulosalarni chiqarishdi.

Savol va javoblarga boy tarzda o'tkazilgan uchrashuvda Vatanga bo'lgan muhabbat, bilimga bo'lgan chanqoqlik yoshlarimizning yuz-ko'zlarida yaqqol sezilib turdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech