2 Iyul 2021 yil 461

Sauna oldida qarovsiz qoldirilgan velosiped o'g'irlandi

Termiz shahrida 2021 yilning 15 iyun kuni, shaharning "Farhod" mahallasida yashovchi, Ch.Zuxriddin shahar 4-son IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 14 iyun kuni soat 22.05 larda, shaharning "A.Avloniy" mahallasi hududida joylashgan sauna hovlisida turgan, 900.000 (to'qqiz yuz ming) so'mlik "Aist" rusumli velosipedini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini Sariosiyo tumanida yashovchi, J.Odil va uning jinoiy sherigi Termiz shahrida yashovchi, S.Eshmirzalar sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 19 iyun kuni J.Odil va S.Eshmirzalarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Aziz fuqarolar, o'zingizga tegishli bo'lgan mol-mulkingizni qarovsiz qoldirib, o'g'rilik jinoyatini sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarga sharoitlar yaratib berib, jinoyat qurboniga aylanib qolmang!

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech