18 Sentyabr 2021 yil
422
Sariosiyolik qidiruvdagi bezori Toshkent shahrida qo'lga olindi
Uzun tumanida 2021 yil iyul oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, viloyat prokuraturasi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Sariosiyo tumani "Xufar" mahallasida yashovchi, B.Mehroj 12 sentyabr kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo'lgan tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan Toshkent shahri hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati