22 Noyabr 2021 yil 397

Sariosiyoda, to'yda bezorilik qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Sariosiyo tumanida 2021 yil 30 oktabr kuni soat 21:00 larda, Sariosiyo tumanida yashovchi, J.Jamshidning (ism shariflar o'zgartirilgan) uyida bo'layotgan to'yda, qo'shni mahallalarda yashovchilar, K.Samandar, maktab o'quvchisi A.Arslon va R.Jaloliddinlar jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan qasddan buzib, O.Chori va K.Fayzilarni qo'llari bilan duch kelgan joylariga urishib, tan jarohati etkazgan. 4 noyabr kuni K.Samandar, A.Arslon, R.Jaloliddinlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech