4 Avgust 2021 yil 451

Sariosiyoda telefon o'g'risi qo'lga olindi

Sariosiyo tumanida 2021 yil 23 iyul kuni, uzun tumani "Beshkapa" mahallasida yashovchi, A.Abdufarux, tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 23 iyul kuni Matiz rusumli avtomashinasi salonida turgan, 2.200.000 (ikki million) so'mlik "Redmi not-8" rusumli telefon apparatini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qiladi.
Bundan tashqari, 15 iyul kuni, tumaning "S.Sheroziy" mahallasida yashovchi, X.Jasurning ham Matiz rusumli avtomashinasi salonida turgan 1.100.000 (bir million yuz ming) so'mlik "Redmi-5" rusumli telefon apparatini, shuningdek 19 iyul kuni, tumanning "Marjona" mahallasida yashovchi, M.Bahodirning Damas rusumli avtomashinasi salonida turgan 600.000 (olti yuz ming) so'mlik "Samsung S-6" rusumli telefon apparatini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini Denov tumani "Tasmasoy" mahallasida yashovchi, B.Jahongir sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 25 iyul kuni B.Jahongirga nisbatdan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech