13 Avgust 2023 yil 386

Sariosiyoda qishloq xo‘jaligi mahsulotini harid qilgan shaxs firibgarlik jinoyatini sodir etdi

Sariosiyo tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan E.Jamshid (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib u o‘z arizasida, shu yilning 23 yanvar kuni Denov tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan O.Sobir uning ishonchiga kirib, yetishtirgan karam mahsulotini “22 845 000 (yigirma ikki million sakkiz yuz qirq besh ming) so‘mga sotib olaman!”- deb, olib ketib hozirgi kunga qadar pullarni bermay kelayotganligini bildirgan.  Mazkur holat yuzasidan 6 avgust kuni O.Sobirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Fuqarolarimiz tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarini o‘zlari bozorga olib borib sotishlari yoki mahsulotni olayotgan haridorga naqd pulga sotishlarini so‘rab qolamiz.

Bu bilan fuqaro firibgarlik jinoyatining qurboni bo‘lishining oldini olgan bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech