14 Sentyabr 2021 yil
617
Sariosiyoda o'g'rilik jinoyatini sodir etgan qidiruvdagi shaxs qo'lga olindi
Sariosiyo tumanida 2021 yil 11 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha Denov tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Sariosiyo tumani "Sharq yulduzi" mahallasida yashovchi, X.Daler 27 avgust kuni tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati