4 Dekabr 2021 yil 567

Sariosiyoda, Ichki ishlar bo'linmasi binosi foydalanishga topshirildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining topshirig'igaasosan, jinoyatchilikni "Mahallabay" jilovlashhamda ichki ishlar organlarining quyi tizimlariga amaliy yordam ko'rsatish maqsadida, ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po'lat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatidao'z faoliyatini boshlaganligi bo'yicha xabar bergan edik.
Vazirlik ishchi guruhi viloyatning har-bir shahar-tumanlarida bo'lib,mahallalarni jinoyatdan holi, namunali va xavfsiz hududga aylantirish bo'yicha o'rganishlar olib bormoqda. Bu borada yo'l qo'yilgan kamchiliklar bartaraf etilib, xodimlarning xizmat olib borish va yashash sharoitlari yaxshilanmoqda.
Ichki ishlar Vazirisariosiyo tumanida amalga oshirilgan ishlarni ko'zdan kechirish chog'ida,tuman hududida qayta rekonstruktsiya qilingan 1-sonli ichki ishlar bo'linmasi ma'muriy binosining ochilish marosimida ishtirok etib, so'zga chiqdi. Vazir Sariosiyo aholisini kirib kelayotgan 8-dekabr – O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni bilan samimiy tabrikladi va hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar haqida to'xtalib o'tdi.
Shundan so'ng, sariosiyolik 56 ming nafar fuqarolarning uzog'ini-yaqin, og'irini-yengil qilishga xizmat qiluvchi, 17 ta mahallani qamrab oluvchi, Sariosiyo tuman 1-sonli Ichkiishlarbo'linmasining ramziy tasmalarini kesishdi.
Mazkurbo'linmada,bo'linma boshlig'i, huquqbuzarliklar profilaktikasi, migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish inspektorlari hamdatezkor xizmat xodimlari hududda jinoyatchilikning oldini olish borasida xizmat olib borishadi.
Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po'lat Bobojonov ochilish marosimidan so'ng, ichki ishlar organlarida ko'p yillar fidoiylik bilan xizmat qilganiste'fodagi podpolkovnik Salom Qosimov bilan dildan suhbat qilib, ustoz-shogird an'anasini davom ettirgan holda, o'z tajriba va maslahatlarinitizimdagi yosh xodimlarga o'rtoqlashayotganligi uchun minnatdorlik bildirdi. Mehmonlarsariosiyo tuman Ichkiishlarbo'limidagi kapital ta'mirdanchiqqandankeyingi holati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilanyaqindantanishishdi.
Surxondaryoda IIV ishchi guruhi o'rganishlari davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech