10 Fevral 2022 yil 813

Sariosiyoda giyohfurush qo'lga olindi

Sariosiyo tumanida 2022 yil 16 yanvar kuni, tuman IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo'linmasi xodimlari tomonidan tumanning "M.Ulug'bek" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, tumanning "terakzor" mahallasida yashovchi, D.Diyor (ism sharif o'zgartirilgan) mijozga sof vazni 0,21 gramm "gashish" giyohvandlik moddasini 150.000 (bir yuz ellik ming) so'mga sotayotgan vaqtida ushlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 3 fevral kuni D.Diyorga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech