17 Yanvar 2022 yil 430

Sariosiyoda, firmadan kompyuter va pullarni tunagan o'g'ri qo'lga olindi

Sariosiyo tumanida 2022 yil 5 yanvar kuni, tumanning "Afrosiyob" mahallasida yashovchi, D.Kamil (ism shariflar o'zgartirilgan) IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda mahallasida joylashgan firmasidan, 4 yanvar kunidan 5 yanvar kuniga o'tar kechasi, noma'lum shaxs jami narxi 6 000 000 (olti million) so'mlik kompyuter jamlanmalari va 400 (to'rt yuz) AQSh dollari va 65.000 (oltmish besh ming) so'm pullarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini shu tumanda yashovchi, X.Xasan sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 6 yanvar kuni X.Xasanga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech