15 Avgust 2021 yil
443
Sariosiyoda bezorilik qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi
Sariosiyo tumanida 2021 yil 10 iyul kuni soat 17.30 larda, tumanning "Sebzor" mahallasi hududida joylashgan dam olish maskanida, Denov tuman "Vodiy" mahallasida yashovchi, A.Azamat jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan Termiz shahar "Yulduz" mahallasida yashovchi, o.Jamshid bilan o'zaro janjallashib qolib, uni qo'li bilan tanasining duch kelgan joylariga urib, "o'rtacha og'irlikda"gi shikast etkazgan. 3 avgust kuni A.Azamatga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati