30 Iyun 2020 yil
765
Sariosiyo tumanida sayyor qabul o'tkazildi
Sariosiyo tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, viloyat va tuman hokimliklari, qator vazirlik va idoralar, ularning viloyatdagi boshqarma va tashkilotlari, shuningdek, Prezidentning viloyat va tumandagi Xalq qabulxonalari mas'ul rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan sayyor qabulda 220 nafarga yaqin fuqaroning muammolari tinglanib, ularning echimi izlandi.
Karantin talablariga rioya qilgan holda ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan qabulda fuqarolarning oid 222 ta murojaati ko'rib chiqildi. Ushbu murojaatlarning 61 tasi joyida hal etildi. 52 tasi bo'yicha huquqiy tushuntirish berildi. Atroflicha o'rganishni taqozo etadigan 109 ta murojaat bo'yicha tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.