9 Aprel 2020 yil 754

Sariosiyo: karantin vaqtida zaruriyatsiz ko'chaga chiqmang, uyda bo'ling!

Joriy yilning 31 mart kuni Sariosiyo tumani 3-sektor rahbari, ichki ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik O'.Mustafoqulov tomonidan "Xurshid" mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holidan xabar olinib, ularga dunyo bo'ylab keng tarqalib borayotgan koronavirus pandemiyasi va unga qarshi kurashish, bu kasallikning oldini olish maqsadida, e'lon qilingan karantin qoidalariga va belgilangan cheklovlarga qat'iy rioya etishlari hamda jamoat joylarida niqoblarni taqib yurishlari, maqsadsiz uyidan chiqmasliklari borasidagi tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ro'zg'or uchun kerakli bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech