13 Avgust 2022 yil 399

Sariosiyoda tomorqa sotmoqchi bo‘lgan shaxs tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Sariosiyo tumanida 2022 yil 1 avgust kuni, viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, Denov tumanida yashovchi, S.Iskandar arizasiga asosan, 22 iyul kuni tumanning “Niholzor” mahallasi hududida, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshvarmasi  va tuman Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Sariosiyo tumanida yashovchi, I.Sirojiddin ishonchiga kirib, “35 sotix tomorqasini 42.000 (qirq ikki ming) AQSh dollarga sotaman kadastrda ishlovchi tanishlar orqali nomingizga rasmiylashtirib berman!”-deb, undan 199.000.000 (bir yuz to‘qson to‘qqiz ming) so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 1 avgust kuni I.Sirojiddinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech