12 Avgust 2024 yil
313
Sariosiyoda “Probatsiya oyligi” doirasida nazoratdagi shaxslar bilan profilaktik ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar Vazirining 2024 yil 23 iyul kunidagi tegishli farmoyishiga asosan “Probatsiya
oyligi” o‘tkazilayotganligi munosabati bilan Sariosiyo tuman IIB Jamoat xavfsiziligi
xizmati Probatsiya guruhi hisobida jazo muddatini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarning
sud hukmida belgilangan taqiq va majburiyatlarga amal qilinishi yuzasidan ish va
yashash joylari tekshirildi. Shuningdek, maxsus profilaktik tadbirlari doirasida
ularning qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmasliklari, sud tomonidan qo‘yilgan
majburiyatlarga so‘zsiz amal qilishliklari aks holda ularga nisbatan qonunda belgilangan
tartibda chora ko‘rilishi mumkinligi yuzasidan profilaktik suhbatlar olib borildi.