21 Noyabr 2022 yil
323
Sariosiyoda kredit olib berishni va’da qilib, fuqarodan pul olgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Sariosiyo tumanida 2022 yil 4 noyabr kuni, tuman IIB huzuridagi Tergov guruhidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 14 oktabr kuni tumanning “Yoqutlibog‘” mahallasida yashovchi, D.Doniyor (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yilning 6 aprel kuni tumaning “Sarijar” mahallasida yashovchi, S.Sanjar uning ishonchiga kirib, “Bankdan issiqxona qurish uchun kredit olib beraman!”- deb, 900 (to‘qqiz yuz) AQSh dollari va 10 000 000 (o‘n million) so‘m pulini olib, o‘zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligini bildirgan. 4 noyabr kuni S.Sanjarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati