7 Dekabr 2024 yil 561

Sariosiyoda, ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Sariosiyo tumani “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘idagi Ma’naviyat maskanida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tuman Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Unda, tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulov, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari N.Xoliqov, Respublika ma’naviyat markazi tuman bo‘linmasi boshlig‘i S.Bomatov hamda profilaktik inspektorlari ishtirok etishdi.

“Zakovat” intellektual o‘yinida tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlaridan tuzilgan jami 4 ta jamoa ishtirok etib, mazkur jamoalar ishtirokidagi bahslar murosasiz bellashuvlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvlar natijasiga ko‘ra, faxrli 3-o‘rinni "Xufar" jamoasi, faxrli 2-o‘rinni “Leytenantlar” jamoasi hamda 1-o‘rinni “Jasorat” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari bo‘lim boshlig‘ining diplom, kitoblar jamlanmasi hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bu kabi intellektual o‘yinlarning tashkil etilishi ichki ishlar organlari xodimlarining bilim va salohiyatini intellektual qobiliyati shuningdek hozir javobligini oshirishga xizmat qilishi bilan birgalikda xodimlarning o‘z ustida ishlashlari, kitob o‘qishga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Text to speech