4 May 2022 yil
421
Sariosiyoda, Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish yuzasidan qonunchilik targ‘iboti o‘tkazildi
Sariosiyo tumanida Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ayollar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida, Sariosiyo tumani IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori leytenant N.Majitova va tumani Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i mayor S.Jumayevalar tumandagi “Ehtirom” mahallasida joylashgan "Farhod ayollar muruvvat uyi" da bo‘lishdi.
Mazkur muruvvat uyida jami 180 nafar tibbiyot va ishchi xodimlar xizmat olib borishadi. Ushbu muruvvat uyidagi tibbiyot va ishchi xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentabr kunidagi O‘RQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”ga hamda O‘RQ-562-sonli “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlarining mazmun mohiyati tushuntirilib profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Uchrashuvda ayollarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi va muruvvat uyida istiqomat qilayotgan 5 nafar ayollarga shaxsini tasdiqlovchi ID karta hujjatlar topshirildi.