22 Avgust 2022 yil 288

Sariosiyoda yer sotayotgan firibgar tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Sariosiyo tumanida 2022 yil 8 avgust kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga ko‘ra, shu tumanda yashovchi, O.Olim viloyat IIBga bergan arizasida, Sariosiyo tumanida yashovchi, O.Zafar fermer xo‘jaligi yer maydonidan 22 sotix yerni har bir sotixni 800 (sakkiz yuz) AQSh dollaridan jami 17.600 (o‘n yetti ming) AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lganligini ma’lum qilgan. Mazkur ariza yuzasidan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning “Anorzor” mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, O.Zafar 22 sotix yer uchun 17.600 (o‘n yetti ming olti yuz) AQSh dollarini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. 8 avgust kuni O.Zafarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech