24 Aprel 2024 yil 544

Sariosiyo va Uzun tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024-yil 15-apreldagi hamda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2024-yil 20-aprel kunidagi tegishli farmoyishlariga asosan 2024-yil aprel oyining uchinchi o‘n kunligida ichki ishlar organlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” deb e’lon qilinganligi bo‘yicha Sariosiyo va Uzun tumani ichki ishlar bo‘limlarida ham mazkur yo‘nalishda ishlar uyushqoqlik bilan tashkillashtirilmoqda.

Joriy yilning 24-aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Shadiev Sherzod Fayzullaevich hamda Sariosiyo tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i Raimov Lotif Erdonovich ishtirokida Sariosiyo va Uzun tumani IIBlarda xizmat olib borayotgan xodimlar hamda ularning oila a’zolari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida 2023-yil davomida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan salbiy hamda ijobiy holatlar asosida tayyorlangan videofilm xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatlarida o‘zlariga tegishlicha xulosa chiqarishlari uchun uchrashuv qatnashchilari e’tiboriga namoyish etildi.

Namoyish etilgan film yakunida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev so‘zga chiqib, namoyish etilgan ushbu videofilmdan har bir xodim o‘ziga tegishlicha xulosa chiqarib olishlari, to‘g‘rsida ta’kidlab o‘z fikr mulohazalarini uchrashuv ishtirokchilariga bildirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Sariosiyo tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i Raimov Lotif Erdonovich shaxsiy tarkib hamda ularning oila a’zolariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati” mavzusida, jumladan Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi Davlat siyosatining asosiy vazifalari, Korrupsiya tushunchasi, turlari, sabablari va ijtimoiy  xavfliligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati va uni amalga oshirish mexanizmlari, Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Text to speech