Sariosiyo tumanining “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida kriminogen vaziyatni yaxshilashda amaliy ishlar olib borilmoqda
Sariosiyo tumanidagi Mirzo Ulug‘bek mahallasi qizil toifadagi mahallalardan biri. Hududda kriminogen vaziyatni yaxshilash, mahallani "qizil" toifadan chiqarish, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan profilaktik ishlar davom ettirilmoqda. Qo‘riqlash boshqarmasi rahbariyati, tuman IIB mas’ullari hamda mahalla "yettiligi" hamkorligida hududda kelib chiqayotgan jinoyatlar tahlil qilinib, fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Aholi vakillarining fikr-mulohazalari va takliflari
asosida ko‘p qavatli uylarga, ko‘chalarga kuzatuv kameralari, tashvish tugmalarini
o‘rnatish ishlarini jadallashtirish, hududda nazorat reyd tadbirlarini olib borish
bo‘yicha choralar belgilab olindi. Mahallada profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar
bilan suhbat qilindi.
Aholi gavjum joylarda qo‘riqlash xizmatining
afzalliklari, ob’ekt va xonadonlarga o‘rnatilayotgan signalizatsiya vositalarining
jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishdagi imkoniyatlari xususida
targ‘ibotlar tashkil etildi.
Amaliy ko‘rgazma tarzdagi uchrashuvda barcha
qo‘riqlash texnik vositalar haqida ma’lumotlar berilib, shartnoma asosida mazkur
xizmatdan foydalanish tavsiya etildi.
Hududlarda bu kabi targ‘ibot-tashviqot ishlari izchil davom etmoqda.