14 Aprel 2023 yil 337

Sariosiyo tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaroriga muvofiq haftaning har payshanba kuni "Profilaktika kuni" deb belgilanganligi munosabati bilan Sariosiyo tuman hokimligi majlislar zalida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ismoilov Abduvohid Salomovich, tuman hokimi Abduqodir Donaev, sektor rahbarlari,  Sariosiyo tuman IIB Jamoat xavfsizligi xodimlari ishtirokida mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlar muhokamasi, "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda mamlakatimizda barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari tizimini ham takomillashtirish, ularning quyi bo‘g‘inlarini aholiga yanada yaqinlashtirgan holda mustahkamlash, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida aholi orasida “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak” degan tushunchani mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, aholi vakillari bilan yaqin hamkorlikda oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish, mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, mahallalarda ahillik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yosh avlodda vatanparvarlik, mehnatsevarlik tuyg‘ularini kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda olib borilayotgan profilaktika ishlarini yanada kuchaytirgan holda tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator taklif va tavsiyalar tinglandi hamda kelgusi rejalar belgilab olindi.

Text to speech