24 Iyul 2025 yil 397

Sariosiyo tumanida huquq-tartibot xodimlari tomonidan probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan uchrashuv tashkil etildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining raisi T.Tilavov, tuman prokurori B.Oltibaev hamda tuman IIB boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulovlar ishtirokida probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi probatsiya nazoratida turgan shaxslarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash, qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish hamda muammolarini bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, uchrashuv davomida nazoratdagilarga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, tadbir natijasi bo‘yicha tuman prokurori tomonidan tuman mutasaddi idoralar rahbarlariga ushbu yo‘nalishda ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Text to speech