2 Avgust 2024 yil 452

Sariosiyo tumanida “Turmush” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida sog‘lom oila, sog‘lom jamiyat g‘oyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.

Sariosiyo tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda, viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Xidirova hamda viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.Eshimova, tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari A.Saidnazarov, tuman Tibbiyot birlashmasi onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari M.Qurbonov, tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Toshmatova hamda mahalladagi xotin-qizlar faollari patronaj hamshiralari ishtirok etdi.

Unda, oiladagi tibbiy madaniyatni rivojlantirish ona va bola salomatligini ta’minlash yo‘lida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida turli xildagi onkologik kasalliklarni barvaqt aniqlash, onalar o‘limi, bolalar o‘limi holatlarini keskin kamaytirish, tug‘ruqlar o‘rtasidagi intervallarga amal qilish hamda nogiron farzandlar tug‘ilishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida fikrlar almashildi.

Text to speech