17 Sentyabr 2025 yil 42

Sariosiyo tumanida sodir etilgan jinoyat hamda kriminogen vaziyat keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.

Kuni kecha, Sariosiyo tumanida 15 sentabr kuni sodir etilgan jinoyat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentabr kunidagi 565 sonli Qarori talablari asosida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

O‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, X. Atanazarov, tuman xokimi A. Donaev, tuman IIB boshlig‘i G‘. Ho‘jamqulov, tuman prokurori B. Oltiboev, mahalla yettiligi faollari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

O‘tkazilgan muhokama yig‘ilish davomida jinoyat tafsilotlari haqida to‘xtalib, ushbu qilmishning sodir etilish sabab va omillari keng jamoatchilikka yetkazildi.

Mas’ullar tomonidan fuqarolarga oila muqaddasligi, har qanday sodir etilgan jinoiy qilmish jazosiz qolmasligi, jinoyatga jazo muqarrarligi tushuntirilib, kelgusida bu kabi ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida nazoratni yanada kuchaytirish, mahalla faollari o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi alohida ta’kidlandi.

Text to speech