Sariosiyo tumanida “Probatsiya oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vaziri o‘rinbosari B.T.Abdullaevning 2024 yil 23 avgust kunidagi 230-sonli
farmoyishiga asosan 23 iyul kunidan 23 avgust kuniga kadar “Probatsiya oyligi” tadbiri
bo‘yicha Sariosiyo tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida
jazo muddatini o‘tayotgan nazorat ostidagi yoshlar bilan tadbirkor uchrashuvi o‘tkazildi.
Ushbu uchrashuvda yoshlar bilan ishlash jarayonida ularning
muammolarini ijobiy hal etish yoshlarga ijtimoiy moddiy yordamlar ko‘rsatish ularni
qayta jinoyat sodir etmasliklari har bir yoshga tadbirkor va muassasalarni jalb
etgan holda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning kelgusida o‘z
yo‘llarini topishlari hamda kasb-hunarga ega bo‘lishlari uchun barcha chora-tadbirlar
ishlab chiqildi hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan 4 nafar
nazorat ostidagi yoshlarga tegishli tushuncha va tavsiyalar berildi.