Sariosiyo tumanida “Probatsiya oyligi” doirasida probatsiya hisobida turgan shaxslar uchun “Sayyor sud” tashkil etildi.
Respublikamiz hududida hamkor tashkilotlar ishtirokida 2024 yil 23 iyul
kunidan 23 avgust kuniga qadar “Probatsiya oyligi” o‘tkaziliish belgilangan.
Shu munosabat bilan mazkur oylik doirasida, Sariosiyo tuman IIB Jamoat xavfsizligi
xizmati Probatsiya guruhi hisobida jazo muddatini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslar
orasida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Ushbu sayyor sud majlisida qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan,
mehnatga halol munosabatda bo‘lgan sud tomonidan quyilgan majburiyatlarga amal qilib
kelgan 14 nafar nazoratdagi shaxslar muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilib,
aksincha sud tomonidan qo‘yilgan majburiyatlarga amal qilmasdan kelgan 1 nafar nazoratdagi
shaxsning jazo muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilib qamoqqa olindi.