Sariosiyo tumanida “Probatsiya oyligi” tadbiri doirasida, mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki
ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.T.Abdullaevning 2024 yil 23 iyul kunidagi
tegishli farmoyishiga asosan 2024 yil 23 iyul kunidan 23 avgust kuniga qadar respublikamiz
hududida o‘tkazilayotgan “Probatsiya oyligi” tadbiri doirasida, Sariosiyo tuman
IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning
ish va yashash joylari maxsus profilaktik tadbirlari doirasida tekshirilib, ular
tomonidan qayta jinoyat yoki huquqbuzarliklar sodir etmasliklari yuzasidan profilaktik
tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Sariosiyo tumani Ichki
ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida jazo muddatini
o‘tayotgan ishsiz yoshlar bilan tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamkorligida ''Ishga marhamat" e’loni ostida
mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga
qo‘yish borasida keng imkoniyatlar bo‘yicha tavsiya va maslahatlar berilib, 2 nafar
yoshlar ishga joylashtirilib doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishdi.