26 Iyul 2024 yil
372
Sariosiyo tumanida “Probatsiya oyligi” doirasida sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.
Respublika miqyosida “Probatsiya
oyligi” o‘tkazilayotganligi munosabati bilan Sariosiyo tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor
rahbari podpolkovnik M.Amonto‘raev
"Madankon" mahallasida joylashgan 3-sektor binosida probatsiya
hisobidagi va otaliqqa olingan yoshlar bilan “Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi”
o‘tkazildi. Ushbu tashkil etilgan uchrashuvda
jami 18 nafar yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etib, 8 nafar yoshlardan
6 ta turli masalalardagi murojaatlar kelib tushdi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan amaliy yordam so‘rab
yo‘llagan murojaatlarni ijobiy hal qilish maqsadida, mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib,
sektor rahbari tomonidan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.