22 Iyul 2025 yil 394

Sariosiyo tumanida “Osh sayli” va “Nilu turizm qishlog‘i”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va horijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 135-sonli qarori ijrosi yuzasidan Sariosiyo tumanida “Osh sayli” va “Nilu turizm qishlog‘i”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda turizm sohasiga aloqador barcha mutasaddi idoralar, mahalliy sayyohlar va qo‘shni Afg‘oniston va Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan horijiy mehmonlar ishtirok etishdi.

Tashrif buyurgan mehmonlarga viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan sayyohlar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.

Text to speech