23 Iyul 2025 yil 417

Sariosiyo tumanida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida nazorat ostidagi shaxslar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Sariosiyo tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda Ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizlik xizmati Probatsiya guruhi hamkorligida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasi ishsiz fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratildi. Ushbu yarmarka, avvalo, kambag‘allikni qisqartirish va Probatsiya nazoratidagi shaxslarning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Yarmarka doirasida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot olishlari, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat o‘tkazishlari, va ishga kirish shartlari bilan tanishishlari mumkin bo‘ldi.

Bunday mehnat yarmarkalari ishsiz fuqarolarni ishga joylashish imkoniyatini oshirish bilan birga, jamiyatdagi kambag‘allik darajasini kamaytirishga yordam beradi.

Text to speech