21 Fevral 2025 yil 807

Sariosiyo tumanida “Biz yoshlar jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida 5000 ming qadam piyoda yurish marafoni tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori hamda Surxondaryo viloyati prokuraturasida 2024-yil 26-dekabr kuni jinoyat va huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sharoit yaratgan omillarni bartaraf etish yuzasidan o‘tkazilgan idoralararo yig‘ilish bayonnomasi ijrosini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasining 13-bandi ijrosi bo‘yicha Sariosiyo tumandagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “Biz yoshlar jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida 5000 ming qadam piyoda yurish marafoni tashkil etildi.

Unda, Sariosiyo tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, Ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya, harbiy xizmatchilar, Yoshlar ishlar agentligi hamda Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limlari hamkorligida tashkil etilgan 5000 ming qadam piyoda yurish marafoni davomida qatnashchilar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bilan birga, jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshi kurashish zarurligini yana bir bor namoyon etdilar.

Tashkilotchilar tomonidan ilgari surilgan “Biz yoshlar jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshimiz” shiori, bu piyoda yurish orqali yoshlarni jinoyatchilikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini tanlash va o‘zaro birdamlik ruhini mustahkamlashga chaqirdi.

Text to speech