Sariosiyo tumani probatsiya hisobida turgan shaxslar uchun ochiq sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudining raisi T.Tilavov, tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi katta inspektori hamda tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tumanda sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Bugungi
kunda sudda insonparvarlik tamoyiliga tayanib Sariosiyo tuman Ichki ishlar bo‘limi
Probatsiya guruhi hisobida turib haqiqatda mehnatga halol munosabatda bo‘lgan va
jazo o‘tashning tartib qoidalariga rioya qilib, tuzalish yo‘liga o‘tgan, sudlar
tomonidan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarga to‘liq rioya qilgan, o‘zining xulqini
ijobiy tomonga o‘zgartirgan 15 nafar shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining
73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Aksincha jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan 1 nafar nazoratdagi shaxsning o‘talmay qolgan jazo muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.