Sariosiyo tumani IIBda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli farmoyishiga binoan Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida Ichki ishlar organlari tizimida joriy yilning 1 avgust kunidan 1 sentabr kuniga qadar “Vatanparvarlik oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Sariosiyo tumani IIBda ham "Vatanparvarlik oyligi” keng tarzda nishonlanmoqda. Shunday tadbirlardan biri Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari ishtirokida tashkil etildi.
Sariosiyo madaniyat uyida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda, madaniyat uyi badiiy ijodkorlari tomonidan ko‘ngilochar chiqishlar, ijro etilgan kuy qo‘shiqlar ishtiokchilar qalbiga bir olam quvonch baxshida ayladi. Tadbir davomida, safdoshlariga faoliyati davomida namuna ko‘rsatib kelayotgan bir qator ichki ishlar xodimlari tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik M.Amanto‘raevning faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati