18 Avgust 2025 yil 14

Sariosiyo tumani IIBda “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi 92-sonli qarorining 3-ilovasi 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025 yil 28-iyul kunidagi 282-sonli Farmoyishiga asosan, joriy yilning 18-avgust  kuni  Sariosiyo tuman Ichki ishlar bo‘limida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi, Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputati S.Qosimov va tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan S.Qosimov xodimlarga Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar natijasida ichki ishlar xodimlarining bugungi kundagi nufuzi, tizimni rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy sa’yi-harakatlardan samarali foydalanishlari va qadrlashlari borasida gapirib va tajribalarini misol tariqasida keltirdi.

Ota-onalar farzandlarini vatanga xizmat qilishlarida hamisha ko‘makdosh bo‘lib, xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya etishlarida rahbariyat bilan hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Mazkur tadbrlarlarning o‘tkazilishi yosh xodimlar qalbida o‘z burchiga mas’uliyat bilan yondoshishi, vataniga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qiladigan ichki ishlar organlarining chinakam o‘g‘lonlari shakllanishiga xizmat qiladi.

Text to speech