Sariosiyo tumani IIB xodimlarining xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya etish faoliyati o‘rganilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB shimoliy mintaqaviy hududi Sariosiyo tumani IIB boshlig‘ining Ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mayor Farhod Mahmudov tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi hamda qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida, tuman IIB sohaviy xizmat xodimlarining xizmat xonalarida bo‘lib, ularning ish faoliyatlarini o‘rganish bilan birga xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishlari yuzasidan suhbatlar o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, o‘rganishlar davomida
fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarning ijrosini ta’minlash, xizmat xonalari,
binolarning tozaligi va obodonchilik ishlari bilan ham tanishilib, aniqlangan kamchilliklarni
bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berib borilmoqda.
Bundan tashqari, xodimlarning
istiqomat qilayotgan uylarida bo‘lib, yashash sharoitlari va mummolari yaqindan
o‘rganilib, ularning oila a’zolari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Bu boradagi ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.