4 Avgust 2023 yil 192

Sariosiyo tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va  kadrlar bilan ta’minlash xixmati boshlig‘i o‘rinbosari mayor H.Nurmatov, "Nuroniy" jamg‘armasi raisi S.Qosimov, Sariosiyo tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari A.Sohibov, tuman ichki ishlar tizimi xodimlari, oila azolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, shaxsiy tarkibga yurtimizda so‘ngi yillarda ichki ishlar organlarida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng ko‘lamli islohotlar amalga  oshirilayotganligi hamda ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar, tizimdagi islohotlar haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv davomida jinoyat qilishga moyilligi bor og‘ir ahvoldagi aholi bilan muntazam ishlash bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, o‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondashib hamkasblariga namuna bo‘layotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlarining oila a’zolariga, IIB rahbariyatining tashakkurnomalari topshirildi.

Text to speech